Maxfiylik siyosati
Tahrir 1.7, 15-oktabr 2026
1. Kim qayta ishlaydi
Shaxsga doir maʼlumotlaringizni Rida qayta ishlaydi. Bu siyosat «Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (OʻRQ-547) asoslanadi.
2. Qanday maʼlumotlar
• Telegram ID, ism, jins va telefon raqami. • Profil rasmi (yuz rasmi). Haydovchi uchun majburiy. • Haydovchi arizasi: mashina, davlat raqami, joylar soni, mashina rasmlari. • Safarlar, soʻrovlar, band qilingan joylar, baholar, fikrlar va shikoyatlar. • Chat xabarlari. • Yordam xizmatiga yozgan xabarlaringiz. • Olib ketish va tushirish nuqtalari: joy band qilganda xaritada oʻzingiz belgilagan joylar. Joylashuvingiz faqat siz ruxsat bersangiz va faqat shu nuqtani toʻldirish uchun olinadi. • Joy band qilganda haydovchiga yozgan izohingiz: u sizni uchrashuvda taniydi. Unda telefon raqami va havolalar yashiriladi. • Haydovchi hamyonidagi yozuvlar. • Qaysi safarlarni ochganingiz. Haydovchi faqat nechta odam koʻrganini koʻradi, kimligini koʻrmaydi. • Haydovchi boʻlsangiz: «Yoʻlovchilar soʻrovlari»da qaysi soʻrovlarni koʻrganingiz. Yoʻlovchi faqat nechta haydovchi koʻrganini koʻradi, kimligini koʻrmaydi. • Bizga qayerdan kelganingiz (kanal, havola yoki reklama) va qaysi qurilmadan kirganingiz (Android, iPhone yoki kompyuter). Telefon modeli olinmaydi. • Siz ulashgan havolalar orqali nechta odam kelgani va ulardan nechtasi safarga chiqqani. Havolada Telegram ID emas, qisqa kodingiz boʻladi. Kim kelganini koʻrmaysiz, faqat sonini. • Ilovadan foydalanish statistikasi: qaysi ekran ochildi, qaysi qadam bosildi. Unda ism, raqam va xabarlar boʻlmaydi. • Kutish roʻyxatida: kim boʻlib yozilganingiz (yoʻlovchi yoki haydovchi), viloyatingiz, qanchalik tez-tez yurishingiz va tanlagan muammolaringiz. Telefon raqami soʻralmaydi.
3. Nima uchun
Xizmat ishlashi uchun: safar topish va eʼlon qilish, joy band qilish, chat, qoʻngʻiroq va bildirishnomalar, yoʻnalishingiz ochilganda bot orqali xabar berish. Xavfsizlik uchun: haydovchilarni tekshirish, shikoyatlarni koʻrib chiqish, firibgarlikka qarshi kurash. Xizmatni yaxshilash uchun: umumiy statistika.
4. Kim koʻradi
Boshqa foydalanuvchilar ismingiz va reytingingizni koʻradi. Haydovchining rasmi va mashinasi ham koʻrinadi. Yoʻlovchining rasmini faqat u bilan safar qiladigan haydovchi koʻradi. Davlat raqami yoʻlovchiga joy tasdiqlangach koʻrinadi. Haydovchi joy tasdiqlanguncha nuqtalaringizning faqat atrofini koʻradi, aniq nuqtani esa tasdiqlagandan keyin. Telefon raqamingizni boshqa foydalanuvchilar hech qachon koʻrmaydi. Rida jamoasi maʼlumotlarni faqat oʻz ishi doirasida koʻradi: arizalarni tekshirish va shikoyatlarni koʻrib chiqish. Chatni jamoa faqat shikoyat boʻyicha oʻqiydi va bu qayd etiladi. Maʼlumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun bermaymiz. Qonunda koʻzda tutilgan hollarda ular davlat organlariga berilishi mumkin.
5. Qayerda saqlanadi
Maʼlumotlarni Cloudflare, Inc. kompaniyasi saqlaydi. Uning serverlari boshqa davlatlarda boʻlishi mumkin, shuning uchun maʼlumotlar transchegaraviy uzatiladi. Maʼlumotlar shifrlangan holda saqlanadi, ularga faqat vazifasiga koʻra kirish mumkin. Qoʻngʻiroqda ovoz serverlar orqali oʻtadi, lekin yozib olinmaydi va saqlanmaydi. Yordam xizmatiga yuborilgan rasm va ovozli xabarlarni biz saqlamaymiz, ular faqat Telegram orqali yuboriladi.
6. Maʼlumotlarni oʻchirish
Maʼlumotlar hisobingiz ochiq ekan saqlanadi. Olib ketish va tushirish nuqtalari va haydovchiga yozilgan izoh bundan qisqa saqlanadi: bron bekor qilinganda darhol, safardan 30 kun keyin esa albatta oʻchiriladi. Safar boʻyicha shikoyat ochiq boʻlsa, ular qaror chiqqandan keyin oʻchiriladi. Safar yoʻnalishi (tuman) qoladi. Yordam xizmati bilan yozishmalar 90 kun saqlanadi. Ularni oʻchirish uchun profilda «Maʼlumotlarimni oʻchirish» tugmasini bosing. Shundan keyin: • ism, telefon raqami va rasm oʻchiriladi; • haydovchi arizasidagi mashina rasmlari va davlat raqami oʻchiriladi; • chatlar, sevimli haydovchilar va obunalar oʻchiriladi; • yordam xizmati bilan yozishmalar oʻchiriladi; • kutish roʻyxatidagi yozuvlaringiz oʻchiriladi; • havolalaringizning qisqa kodi oʻchiriladi; • faol safarlar va band qilingan joylar bekor qilinadi, olib ketish va tushirish nuqtalari oʻchiriladi. Hamyon yozuvlari, baholar va shikoyatlar boʻyicha qarorlar hisob va nizolar uchun kerak. Ular ism va raqamsiz, sizni aniqlab boʻlmaydigan holda qoladi. Bloklangan telefon raqami bloklash muddati tugaguncha saqlanadi.
7. Huquqlaringiz
Qonunga koʻra siz maʼlumotlaringiz haqida bilish, ularni oʻzgartirish va oʻchirishni soʻrash, rozilikni qaytarib olish huquqiga egasiz. Rasmni profilda oʻzingiz oʻzgartirasiz. Boshqa soʻrovlar uchun @rida1uz_yordam_bot botiga yoki myrida.llc@gmail.com manziliga yozing.
8. Oʻzgarishlar
Siyosat oʻzgarsa, yangi tahrir shu yerda sanasi bilan eʼlon qilinadi.